Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyentlarga eslatma: Chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi

Bugun, 11:20
Abituriyentlarga eslatma: Chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul  milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi

Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 2024.24.05), 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Bunda, chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

Bilimni baholash agentligi abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida har oyda xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha imtihonlar o‘tkazib kelmoqda. Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Imtihonlar jadvali bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin: Havola

Shuningdek, abituriyentlar oliy ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda tan olinadigan xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar va talab etilgan darajalar bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin: Havola