Abituriyent

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

Test sinovi uchun onlayn ariza berish

18 786 ko'rish

Yangilangan:

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma

id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP - my.gov.uz sayti) dan foydalanish uchun avval id.egov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tish lozim. id.egov.uz tizimida jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Test sinovi uchun onlayn ariza berish

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga muvofiq 2022-yil mart oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP - my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

Mazkur xizmat my.gov.uz saytining “Ta’lim” bo‘limida joylashgan (1-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
1-rasm. Sohalar

Chet tili imtihonlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun “Ta’lim” bo‘limidan “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” xizmatini tanlash lozim (2-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
2-rasm. “Ta’lim” sohasi

Bunda foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatishning huquqiy asosi, xizmat narxi, bog‘lanish ma’lumotlari kabi mazkur xizmat bilan bog‘liq eng kerakli ma’lumotlar taqdim etiladi (3-rasm).

Ro‘yxatdan o‘tishni boshlash uchun “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi.

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
3-rasm. Chet tilini bilish darajasini aniqlash

Ro‘yxatdan o‘tish 4 ta qadamdan iborat bo‘lib, 1-qadam ommaviy oferta bilan tanishish va oferta shartlarini qabul qilish hisoblanadi (4-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
4-rasm. Oferta (1-qadam)

2-qadamda arizachi haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi (5-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
5-rasm. Arizachi haqida ma’lumot (2-qadam)

3-qadamda test haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi (6-rasm).

Bunda arizachi test topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zi tanlagan hududda test sinovida ishtirok etishi mumkin.

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
6-rasm. Test haqida ma’lumot (3-qadam)

Mazkur ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng, xatoliklarning oldini olish maqsadida arizachidan ma’lumotlarni yana bir bor tekshirish so‘raladi (7-rasm). Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, “Yuborish” tugmasi bosiladi (8-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
7-rasm. Ma’lumotlarni tekshirish
Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
8-rasm. Ma’lumotlarni tekshirish

4-qadam to‘lovni amalga oshirish bo‘lib, unda ariza to‘g‘risida ma’lumot va to‘lov ma’lumotlari ko‘rsatiladi (9-rasm).

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
9-rasm. To‘lov (4-qadam)

“To‘lov ma’lumotlari” tugmasi bosilganda to‘lov bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Shu yerdan to‘lov kvitansiyasini yuklab olish va yoki arizani bekor qilish mumkin.

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
10-rasm. To‘lov ma’lumotlari

To‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarini tashkil etadi. Bunda, davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun ro‘yxatdan o‘tish YIDXP orqali amalga oshirilganligi sababli talabgordan belgilangan to‘lov miqdorining 90 foizi undiriladi. Hozirgi kunda (2022-yil 9-mart holatiga) bazaviy hisoblash miqdori 270 000 so‘m bo‘lganligi sababli, test sinovi uchun to‘lov 364 500 so‘mni tashkil etadi.

To‘lovni Click, Payme, UPAY kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish (14 xonalik invoys raqamiga) mumkin.

To‘lov elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilganda “Davlat xizmatlari” bo‘limidan “Davlat xizmatlari agentligi”ni tanlab, kvitansiyada ko‘rsatilgan 14 xonalik invoys raqamini kiritish lozim.

Shuningdek, to‘lovni “Invoysga to‘lash” tugmasi orqali ham amalga oshirish mumkin.

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, arizachi va test sinovi haqidagi ma’lumotlar aks etgan qaydnoma shakllanadi. Mazkur qaydnomani yuklab olish lozim.

Talabgorlar test sinovi vaqti va joyi to‘g‘risida my.gov.uz sayti orqali test sinovi o‘tkazilishidan 3 kun oldin xabardor qilinadi.

Test sinovi jadvali

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, onlayn ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin (11-rasm):

Chet tili imtihoni uchun my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
11-rasm. Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish