Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Til bilimdonlari" tanlovida qatnashing va Samsung A32 va boshqa ko‘plab sovrinlar yutib olish imkoniyati

21.09.2021 01:19

Muddati:

22.09.2021

Davlat:

O‘zbekiston

Rasmiy havola:

t.me

“Til bilimdonlari” tanlovida qatnashing va Samsung A32 yutib oling!!!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi 21-oktabr "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan "Til bilimdonlari" megatanlovini e’lon qiladi.

Tanlov joriy yilning 22-sentabridan 16-oktabrgacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar telegramda @tilbilimdonlaribot orqali ro‘yxatdan o‘tib, har kuni 12 tadan test savollariga javob berishlari kerak.

Tanlov haqida batafsil videolavhada tushuntirib o‘tilgan.
Tanlov nizomi haqida batafsil

Tanlov g‘oliblari diplom va sertifikatlar bilan birga qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadi:

  • 1-o‘rin: Samsung Galaxy A32;
  • 2-o‘rin: Mi Band 5 smartwatch;
  • 3-o‘rin: Airpots quloqchinlari;
  • 4-o‘rin: 10000 mhA Power bank;
  • 5-o‘rin: 16 GB tashqi xotira.
  • 6-20-o‘rinlar: Kitoblar to‘plami

Ishtirok eting, bilimingizni sinang va g‘oliblar qatorida bo‘ling. ISHTIROK ETISH

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy sayti orqali ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling.