Dars qoldirgan o‘quvchilarning muammolarini kim hal qiladi?
Dars qoldirgan o‘quvchilarning muammolarini o‘rganishga maktab, hokimlik va boshqa tashkilotlar mas’uldir. Sabablar va choralari haqidagi batafsil ma’lumot maqolada.

Dars qoldirgan bolalarning muammosini o‘rganish va uni bartaraf qilishga quyidagi bir necha tashkilotlar mas’ul hisoblanadi:
- Maktab;
- Hokimlik;
- Maktabgacha va maktab ta’limi organlari;
- Milliy gvardiya.
Bu organlar bolalarning darslarda qatnashish holatini monitoring qiladi va o‘quvchilarning dars qoldirishi sabablarini aniqlab, zarur chora ko‘radi.
Bolalar darsga kelmagan taqdirda, ular bilan individual ish olib boriladi, ota-onasi maktabga chaqiriladi yoki zarurat tug‘ilganda bolaning uyiga boriladi.
Agar bola ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs sababli dars qoldirsa, ma’muriy javobgarlik masalasi ham ko‘rib chiqiladi.





