Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Professional dasturchi bo‘lish uchun qancha vaqt kerak?

25.03.2022 17:17
Professional dasturchi bo‘lish uchun qancha vaqt kerak?

Dasturchi bo‘lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. Aslida dasturlovchi bo‘lish — bu bir kasb, dasturlashni o‘zlashtirish orqali qo‘lingizda kerakli (hozirgi zamonda eng kerakli kasblarining biri) hunaringiz bo‘ladi. Bilasiz, hunari bor odamga har doim ish topiladi.

Professional dasturchi kim?

Quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtira olgan kishini professional dasturchi desak bo‘ladi:

  • Dasturlash tilini mukammal darajada biladi;
  • Muammolarga kam kod bilan yechim topa oladi;
  • Eng zamonaviy dasturlash uslublaridan foydalanadi;
  • Dasturlash va til yangiliklari, trendlaridan xabardor;
  • O‘z ustida har kuni ishlaydi va zamondan ortda qolmaydi;
  • Jamoa bo‘lib ishlay oladi va boshqalarga yordami tegadi;
  • Faoliyati davomida bir necha o‘nlab dasturlar yaratgan;
  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta muammo bilan ishlay oladi;
  • Sohasi doirasidagi boshqa dasturlash tillarini oson o‘rganadi;
  • Har qanday masalani dasturlash orqali hal qiladi oladi.

Necha yilda o‘rganish mumkin?

Aslida, dasturchilik doimiy izlanish va o‘rganishdan iborat kasb. Shunday ekan, bu kasbga mehr qo‘ydingizmi – uning necha yil talab qilishiga e’tibor bermasdan o‘rganishni boshlang. Qancha ko‘p ishlasangiz, tajribangiz shuncha yuqori darajaga ko‘tariladi. Bilimingiz oshgani sari dastur yozish qobiliyatingiz oddiydan murakkabga qarab o‘zgaradi.

Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo‘lib yetishishingizni faqat o‘zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o‘zingizga bog‘liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko‘proq tajriba yig‘ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o‘zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo‘lib yetishasiz!

Dasturlovchi bo‘la olamanmi?

Dasturlovchi bo‘lish uchun aynan biror universitetda tahsil olish shart emas. O‘zingiz mustaqil ustoz bilan o‘rgansangiz, tez o‘rganasiz. Buni jahon tajribasi isbotlab bergan.

Dasturlashni qayerda va qanday boshlash kerak?

✅ Dasturlashni o‘rganish uchun endi qisqa vaqt yetadi! Registan IT school - Dasturlash maktabi bilan qisqa vaqtda dasturlashning ilk saboqlari o‘rgatiladigan Foundation kursini tamomlang va dasturlash kurslarini boshlang. Ushbu kurs orqali noldan boshlab professional darajagacha chiqishingiz uchun eng muhim pog‘onadir.

Nega aynan Registan IT school - Dasturlash maktabi?

Ushbu maktabni tugatgan bitiruvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin:

  • Bitiruvchilar uchun ish taklifi;
  • Har kungi darslarda qatnashish;
  • Professional dasturchilar jamoasi;
  • IT kompaniyamizda amaliyot oʻtash;
  • Dasturchilarga mos maxsus atmosfera;
  • Kursni tamomlaganingizdan soʻng maxsus sertifikat.

Dasturchi bo‘lishni istaganlar uchun Registan IT school - Dasturlash maktabi eng zoʻr imkoniyat!

Yangi guruhlarga hoziroq roʻyxatdan oʻting!

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish:
@rgn_uzbot (maxsus bot)
+998555003700

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi 129B

Mo‘ljal: Shahriston metro