Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1000 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdor 2.8 milliard so‘m!

21-sentabr 15:02
IELTS o‘qish uchun  yoshlarga 1000 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdor 2.8 milliard so‘m!

Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi tomonidan OLIYGOH.UZ jamoasi bilan hamkorlikda "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Registon IELTS Granti - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi va ta’lim sohasida eng yirik platformalardan biri OLIYGOH.UZ jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish va munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi - Zamonaviy yo‘llar bilan Respublika miqyosida tahsil olayotgan yoshlarning ta’lim olishini rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ingliz tili savodxonlik darajasini oshirish hamda moliyaviy rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirishdan iborat.

Registon IELTS Granti tanlovi g‘oliblari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishadi?

  • Registon IELTS Granti g‘oliblik guvohnomasi va esdalik sovg‘alari;
  • Registon o‘quv markazining filiallaridan birida IELTS imtihoniga tayyorlov kursini 4 oy davomida mutlaqo bepul o‘qish imkoniyati (kalendar oy asosida);
  • Registonning maxsus IELTS materiallari va kitoblaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • "Registan IELTS Premium Mock Exam" rasmiy materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • "Registan IELTS Premium Mock Exam" imtihonlarida bepul qatnashish imkoniyati;
  • Registon o‘quv markazining "Support teacher" xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati;
  • Maxsus platformada onlayn darslar, IELTS 8.0+ mentorlardan qo‘shimcha darslar olish imkoniyati;
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasi’ning xalqaro toifadagi ustozlari va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, uning tarmog‘ida Respublika bo‘ylab 31 ta o‘quv markazi, Registan IT school, Registan IT kompaniyasi, Registon xususiy nashriyoti, Registon xususiy maktabi kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kunlarda "Registan University" nodavlat oliygohi ham faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirda Registon o‘quv markazi tarmog‘ida 20 mingdan ziyod yoshlar tahsil olishadi. O‘zining 9 yillik tarixida 70 mingdan ziyod yoshlar markazni muvaffaqiyatli yakunlashgan.

Tanlov tashkilotchilari:

Hamkorlar:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Edu-Action imtihon markazi

Grantning umumiy qiymati:

  • Yoshlarning ta’lim olishi uchun 2.8 milliard so‘m ajratilgan

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 1000 nafar iqtidorli yoshlar uchun belgilangan.
  • Joriy o‘quv yilida nomzodlarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan grant sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.

Tanlov kimlar uchun?

Ingliz tilining Intermediate va undan yuqori darajada biluvchi va 25 yoshgacha bo‘lgan Registon o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan barcha yoshlar uchun;

Muhim eslatma: ushbu grant loyihasi Registon o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan yangi o‘quvchi va talabalar uchun tashkil etilgan. Markazlarimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu loyihada o‘z bilimlarini tekshirib olishlari maqsadida imtihonlarda ishtirok etishi mumkin, lekin grantga ega bo‘la olishmaydi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

  • Registon IELTS Granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @Registan_grant_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va OLIYGOH.UZ platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
  • Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim.
  • Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi: 22-oktyabr

Tanlov bosqichlari

Registon IELTS Granti tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng munosib ishtirokchilar saralanadi.

Birinchi bosqich

  • Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.
  • Onlayn imtihonda ingliz tilining turli darajalarida (listening, reading, vocabulary, grammar) 50 ta test savoli beriladi.
  • Tanlovining 1-bosqichi 22-oktyabr kuni soat 18:00 da boshlanadi va 23-oktyabr kuni soat 12:00 da yakunlanadi (Izoh: Loyihaning 1-bosqichi boshlanishi bilan bir vaqtning o‘zida o‘n minglab ishtirokchilar platformada imtihonni boshlashdi va buning natijasida platforma tizimining serverida katta yuklama paydo bo‘ldi. Shu sabab ko‘pgina nomzodlar palatformada o‘zlarining Shaxsiy kabinetlariga kirishda uzilishlarga duch kelishdi. Shuning uchun 1-bosqich imtihonida ishtirok eta olmagan nomzodlar uchun ushbu bosqich vaqtini uzaytirdik.)
  • Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 40 daqiqa davom etuvchi onlayn testda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus test platformasi 23-oktyabr kuni soat 12:00 yopiladi.
  • Birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va filiallar kesimida eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar kvotalar doirasida taqsimlanadi hamda keyingi bosqichga umumiy 3 ming nafar nomzodlar yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
  • 1-bosqichdan 2-bosqichga o‘tishning minimal natijasi - 80 foiz (40 ta to‘g‘ri javob va undan yuqori) talab etiladi.
  • Ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodlar uchun maxsus sms xabarnoma va Shaxsiy kabinet orqali xabar jo‘natiladi.
  • Ikkinchi bosqichga o‘tuvchi nomzodlar soni Registon o‘quv markazi filiallari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Filiallar Kvota
Registon Yakkasaroy 150
Registon Shahriston 180
Registon Universam 150
Registon Chilonzor 180
Registon Uchtepa 150
Registon Sergeli 150
Registon Akademy 120
Registon Olmozor 150
Registon Mirzo Ulug‘bek 120
Registon Samarqand 180
Registon Mega 90
Registon Farg‘ona 180
Registon Namangan 150
Registon Andijon 150
Registon Jizzax 150
Registon Rishton 120
Registon Qarshi 150
Registon Urganch 105
Registon Qoratosh 105
Registon Navoiy 105
Registon Kitob 105
Registon Qo‘yliq 60
Registon Qo‘qon 90
Jami 3090

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • Tanlov boshlanishidan oldin yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing;
  • Birinchi bosqichda ishtirok etishdan oldin Registon o‘quv markazi haqida, uning filiallari, joylashgan manzillari bo‘yicha barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing;
  • Registon o‘quv markazining aynan qaysi filialida tahsil olishingizni belgilab oling. Chunki, birinchi bosqich imtihonida ishtirokchilar qaysi filialni tanlasa, yakuniy imtihoni aynan shu filialda (oflayn) bo‘lib o‘tadi va grant tanlangan filial doirasida taqsimlanadi;

Ikkinchi bosqich

  • Ushbu bosqich Registon IELTS Granti tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar ushbu bosqichda maxsus IELTS Mock imtihonidan o‘tishadi.
  • Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 2-bosqichi 29-oktyabr kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Registon o‘quv markazining Toshkent shahri va viloyatlardagi maxsus imtihonlar binosida keng ko‘lamda IELTS Mock imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
  • Yakuniy bosqich yakunlangandan so‘ng 10 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari Registon o‘quv markazining xalqaro toifadagi ustozlaridan tarkib topgan maxsus kommissiya tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.
  • Nomzodlar tanlov g‘olibi bo‘lishi uchun yakuniy imtihondan kamida IELTS Mock 5.0+ natijani qo‘lga kiritgan bo‘lishi talab etiladi. Yakuniy bosqichning ballari hal qiluvchi natija hisoblanadi va umumiy mandatda filiallar bo‘yicha belgilangan kvota asosida g‘oliblar aniqlanadi.
  • Ushbu bosqichda eng munosib deb topilgan nomzodlar tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • Grant g‘olibi bo‘lish uchun yakuniy imtihondan kamida IELTS Mock 5.0+ darajada bo‘lishingiz talab etiladi. Chunki, ushbu tanlov IELTS darajasini o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Grant g‘oliblari 4 oyga mo‘ljallangan maxsus dasturimizda mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu dasturda o‘qish va dasturni tushunishingiz uchun sizdan kamida intermediate yoki undan yuqori daraja talab qilinadi;
  • Tanlov g‘olibi bo‘lgan nomzodlar Grant asosida o‘qishni boshlagandan so‘ng, 10 kun ichida maxsus mentor tomonidan belgilangan kunga IELTS sertifikatini olish uchun imtihonga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

IELTS Granti tanlovi g‘oliblari Registon o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar quyidagi kvotalar asosida munosib rag‘batlantiriladi:

Filiallar Kvota
Registon Yakkasaroy 50
Registon Shahriston 60
Registon Universam 50
Registon Chilonzor 60
Registon Uchtepa 50
Registon Sergeli 50
Registon Akademy 40
Registon Olmozor 50
Registon Mirzo Ulug‘bek 40
Registon Samarqand 60
Registon Mega 30
Registon Farg‘ona 60
Registon Namangan 50
Registon Andijon 50
Registon Jizzax 50
Registon Rishton 40
Registon Qarshi 50
Registon Urganch 35
Registon Qoratosh 35
Registon Navoiy 35
Registon Kitob 35
Registon Qo‘yliq 20
Registon Qo‘qon 30
Jami 1030

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus esdalik QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasining “Shaxsiy kabinet” bo‘limi orqali barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

Registon o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.