Davlat OTMlariga hujjat topshirish 20-iyunda boshlanadi: bilishingiz kerak bo‘lganlar

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Bu oraliqda abituriyentlar hujjatlarini faqat onlayn shaklda topshirishlari mumkin.
Hujjat topshirish uchun rasmiy platformalar:
-
my.uzbmb.uz – “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin;
-
my.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham hujjat topshirish imkoni mavjud.
Qabul jarayoni qanday tartibda bo‘ladi?
-
Hujjat topshirish – Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tadi va kerakli hujjatlarni yuklaydi;
-
Test sinovlarida qatnashish – Avval kirish imtihonlari topshiriladi;
-
Yo‘nalish tanlash – Imtihon yakunlanganidan so‘ng, abituriyentlar to‘plagan ballari asosida yo‘nalish va oliygohni tanlaydi.
Bu tartib amalga kiritilgan yangi tizim bo‘lib, abituriyentlarga ball asosida oqilona tanlov qilish imkonini yaratadi.