DTM imtihoni noma’lum muddatga kechiktirildi.
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar diqqatiga!
Ma’lumki, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlarini bilish darajasini baholash bo‘yicha test sinovlari sanasi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra test sinovlari 2023-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 21-dekabrda imzolangan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish maqsadida islohot ishlari olib borilayotganini inobatga olib, 2023-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilishi e’lon qilingan ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlarini o‘tkazish kechiktirilishini ma’lum qilamiz.
Imtihonlarni o‘tkazish sanalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida va DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi