Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

EduOn - ta’lim granti. Umumiy qiymati 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega tanlovda ishtirok eting

16.08.2021 10:05
EduOn - ta’lim granti. Umumiy qiymati 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega tanlovda ishtirok eting

Ilmga chanqoq yoshlarning ta’lim olishini qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida biznes, IT, xorijiy tillar, shaxsiy rivojlanish kabi bilim hamda ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida "Mfaktor" biznes maktabi, EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi hamkorligida Respublika miqyosida umumiy qiymati 50 million so‘m bo‘lgan maxsus yutuqlarga ega ta’lim Granti tanlovini e’lon qiladi. Bizning asosiy maqsadimiz zamonaviy yo‘llar bilan O‘zbekiston ta’lim sohasini yanada rivojlantirish. Bizning loyiha aynan mana shu muammoni hal etishga yordam beradi.

Grant g‘oliblari maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, I,II va III darajali QR-kodli diplomlar bilan taqdirlanadi, shuningdek tanlovda ishtirok etganlarning barchasiga maxsus sertifikatlar beriladi.

Qatnashing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing hamda maxsus mukofotlarga ega bo‘ling.

Grant tanlovi tashkilotchilari:

Ro‘yxatdan o‘tish oxirgi sanasi:

  • 27-avgust

Tanlov kimlar uchun?

  • Biznes, IT, shaxsiy rivojlanish kabi bilim hamda ko‘nikmalarini yanada oshirmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun.

Grantni moliyalashtirish miqdori:

Qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

"EduON - ta’lim granti" tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar mustaqil ravishda OLIYGOH.UZ platformasi tizimidan ro‘yxatdan o‘tadilar va tanlov sinov shartlari bilan oldindan tanishadilar. Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida har bir nomzodning telefon raqamiga maxsus kod jo‘natiladi. Ushbu kod orqali ishtirokchining “Shaxsiy kabineti” faollashtiriladi.

Tanlov bosqichlari

Yoshlarning qiziqishlarini inobatga olib zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi orqali baholanadi hamda saralanadi. Ushbu Grant tanlovi yoshlarning ta’limga va biznesga oid qiziqishlarini hisobga olgan holda quyidagi bosqichlar asosida tashkil qilinadi:

Birinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar

Imtihon turi: IQ (mantiqiy tahlil) ga oid 30 ta test savollari

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 1-bosqichi 27-avgust kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:30 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tgan barcha nomzodlar imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 1-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 2000 (ikki ming) nafar ishtirokchi 2-bosqichga o‘tkaziladi.*

Birinchi bosqich bo‘lib o‘tadigan manzil: OLIYGOH.UZ platformasi

* Ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 2000 nafar (ikki ming nafar) ishtirokchi o‘tadi

Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.

Imtihon turi: Biznesga oid 25 ta boshlang‘ich darajadagi test savollari

Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Olimpiadaning 2-bosqichi 3-sentabr kuni soat 20:00 da boshlanadi va 21:30 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida ishtirokchilar imtihonda ishtirok etishlari talab etiladi. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng mandat shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 300 (uch yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.**

** Uchinchi bosqichga 2-bosqichdan saralangan 300 nafar (uch yuz nafar) ishtirokchi o‘tadi.

Uchinchi bosqich (Yozma shaklda) Motivatsion xat.

Nima uchun o‘zlarini "EduOn - ta’lim granti" tanlovida g‘oliblikga loyiq deb bilishlari hamda oldilariga qo‘ygan maqsadlari to‘g‘risida maxsus motivatsion xat yozadilar. Xat OLIYGOH.UZ platformasida maxsus ochilgan FINAL oynasi orqali final bosqichi ishtirokchilari tomonidan 8-sentabr 21:00 ga qadar jo‘natiladi. Jo‘natilgan motivatsion xatlar mutaxasislar tomonidan o‘rganilib chiqilib va eng munosib bo‘lgan 100 nafar ishtirokchilar ushbu bosqichda saralanishadi hamda maxsus yutuqlarga ega bo‘lishadi. Final bosqichining natijalari 10-sentabr kuni OLIYGOH.UZ platformasida e’lon qilinadi.

Final bosqichining mutlaq g‘oliblari 12-sentabr kuni "Mfaktor" biznes maktabining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida bo‘lib o‘tadigan "Yoshlar forumi"da taтtanali ravishda taqdirlanishadi.

Grant g‘oliblarini rag‘batlantirish

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga maxsus QR-kodli diplomlar, esdalik sovg‘alar berilishi bilan bir qatorda quyidagicha rag‘batlantiriladi:

Bundan tashqari, final bosqichida faol ishtirok etgan nomzodlardan saralangan eng munosib 95 nafar ishtirokchiga EduOn.uz ta’lim platformasi kurslaridan foydalanish uchun 400 ming so‘mlik Grant-voucher taqdim etiladi. Grant o‘rni – 95 ta

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar OLIYGOH.UZ platformasida “Shaxsiy kabinet” orqali ishtirokchilarga yuboriladi.

EduOn.uz ta’lim platformasi va OLIYGOH.UZ jamoasi tanlovning barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!

Ma’lumot uchun: EduOn.uz ta’lim platformasi onlayn bilim ulashadigan eng katta ta’lim platformalaridan biridir. Platformada 100 dan ziyod yaqin Biznes, IT, shaxsiy rivojlanish va ta’limga oid professional kurslar mavjud bo‘lib, Respublikamizda eng mashxur bo‘lgan biznes egalari, ustozlar, mentorlar va o‘z sohasining professional ustalari tomonidan video darslar joylanib boradi. Mazkur platforma dunyoga mashhur Udemy.com va Coursera.com kabi platformalarning tajribasini o‘rganish asosida yaratilgan bo‘lib, unda istalgan inson bepul yoki pullik kurslarni o‘rganish imkoniga ega.
EduOn.uz - Yuksalishni maqsad qilganlar uchun onlayn platforma!