El-yurt umidi jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun jami 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiyalar tanlovini e’lon qildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Dastur maqsadi:
“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
- Kosmik texnologiyalar;
- Nanotexnologiyalar,
- IT va raqamlashtirish;
- Sun’iy intellekt sohalarida atom va kuchyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa yo‘nalishlarda sog‘liqni saqlash;
- Farmatsevtika;
- Telemeditsina;
- Virusologiya;
- Mikrobiologiya;
- Immunologiya va boshqa sohalarda elektroenergetika;
- Neft-gaz;
- Neft-kimyo;
- Kimyo;
- Metallurgiya sohasinig ustuvor tarmoqlarida mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
- Suv tejovchi texnologiyalarni keng jоriy etish;
- Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohanining muhim tarmoqlarda; shuningdek respublikamizdagi boshqa ustuvor sohalar va mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya bilan munosib nomzodlarni rag‘batlantirishdir.
Grant dasturi tafsilotlari:
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishi ko‘zda tutilgan.
Agar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-fani uchun innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz - bu imkoniyat siz uchun!
Qabul jarayoni:
Nomzodlarning xujjatlari 2021-yil 20-iyuldan - 20-avgustga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021 yil 1-maydan - 20-mayga qadar davom etadi.
Jamg‘arma stipendiatlarning quyidagi xarajatlarini qoplaydi:
- - o‘qitish qiymati to‘lovi;
- - viza olish;
- - transport vositalari xarajatlari (ikki tomonga, ko‘pi bilan yiligabir marta);
- - xorijiy mamlakatda yashash, ovqatlanish va transport xarajatlari;
- - zarur o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish;
- - xorijiy ta’lim yoki ilmiy muassasasi talabiga binoan maqola chop etish;
- - ilmiy maqolalar ko‘chirib olish;
- - maqolalar va ilmiy adabiyotlarning elektron bazasiga obuna bo‘lish;
- - tibbiy sug‘urta;
- - Jamg‘arma vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra boshqa xarajatlar.