Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Endi o‘quvchilarning bilimlari sun’iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Endi o‘quvchilarning bilimlari sun’iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi

Endi o‘quvchilarning bilimlari sun’iy intellektga asoslangan platforma orqali baholanadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Singapur ta’lim tashkiloti hamkorligida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimlarini sun’iy intellektga asoslangan Cerebry platformasi orqali baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu platformadan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar kompyuter, planshet yordamida istalgan joyda turib foydalanishlari mumkin.

Platforma sun’iy intellektga (AI) asoslangan bo‘lib, unda berilayotgan savollar o‘quvchilarning bilimiga moslashuvchan hisoblanadi.

O‘qituvchilar ham platforma orqali o‘quvchilarga topshiriqlar beradilar va natijalarni monitoring qilishlari mumkin.

Ushbu platformadan barcha maktab o‘quvchilari foydalanishlari va natijalarni tahlil qilishlari mumkin. Buning uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Topshiriqlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

Ayni damda Respublikamizdagi maktablar o‘quvchilari hamda ustozlarning cerebry.co platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.