Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Energy Globe Award

3.04.2022 21:06
Energy Globe Award

Muddati:

28.04.2022

Rasmiy havola:

www.energyglobe.info

Grant turi:

Tanlovlar

Jahon hamjamiyatiga ekologik muammolarni hal etish sohasida muvaffaqiyatli barqaror loyihalarni taqdim etishni maqsad qilgan «Energy Globe Award» mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda.
«Energy Globe Award» — Barqaror rivojlanish uchun Jahon mukofoti bo‘lib, Amerikaning “Arthur D. Little” agentligi tomonidan ta’sis etilgan dunyodagi eng mashhur ekologik mukofotdir.

Kimlar uchun?
Ekologik muammolarni hal etishga hissa qo‘sha oladigan har qanday kompaniya, tashkilot (NNTlar, maktablar, universitetlar), jismoniy shaxslar yoki davlat organlari uchun.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
-Loyihalar “Yer, Olov, Suv, Havo, Yoshlar va Barqaror startaplar” toifalarida qabul qilinadi;
-Taqdim etilgan ro‘yxatdan foydalanib loyiha tayyorlanishi (Word | PDF);
-Onlayn shaklni to‘ldirish.

Foydali tomonlari:

-Atrof-muhit masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar e’tirofi;
-Dunyoni qutqarish uchun qilgan sa’y-harakatlaringizni ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish;
-Taniqli atrof-muhit faollari bilan muloqot;
-Boshqalarga o‘rnak bo‘lish;
-Bepul ishtirok;
-Har bir xalqaro Energy Globe World Award mukofoti sovrindori uchun 2000 € mukofot.

Mukofot miqdori: 1000$ dan 10 000$ gacha.

Ariza va loyiha tili: ingliz yoki nemis.

Mukofot uchun materiallarni topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil, 28-aprel.

Batafsil.