Abituriyentlarning super-kontrakt to‘lovlari ortidan eng ko‘p daromad qilgan oliygoh qaysi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2022-yilda eng ko‘p daromad va zarar ko‘rgan oliy ta’lim muassasalari ma’lum qilindi.
OTM daromadlari quyidagilardan shakllangan:
- budjetdan moliyalashtirilgan mablag‘lar (umumiy daromadlarning 25 foiz);
- to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushgan tushumlar (71,6 foiz);
- rivojlantirish mablag‘lari bo‘yicha daromadlar (3,4 foiz).
2022-yilda eng ko‘p sof daromad ko‘rgan 5 ta oliygoh:
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 106,2 mlrd so‘m;
- Namangan davlat universiteti – 67,7 mlrd so‘m;
- Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti – 54,4 mlrd so‘m;
- Guliston davlat universiteti – 54 mlrd so‘m;
- Navoiy davlat pedagogika instituti – 43,2 mlrd so‘m;
2022-yilda xarajati umumiy daromadidan eng ko‘p miqdorda oshib ketgan 5 ta oliygoh:
- Samarqand davlat universiteti – 42,5 mlrd so‘m;
- Qarshi davlat universiteti – 28,3 mlrd so‘m;
- Samarqand davlat chet tillar instituti – 26,8 mlrd so‘m;
- Farg‘ona politexnika instituti – 15,3 mlrd so‘m;
- Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti – 15 mlrd so‘m