Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

European Union Traineeship:Barcha Xarajatlari Qoplanadigan Yevropa Ittifoq tomonidan Malaka Oshirish Dasturi

20.08.2021 20:57
European Union Traineeship:Barcha Xarajatlari Qoplanadigan Yevropa Ittifoq tomonidan Malaka Oshirish Dasturi

Muddati:

31.08.2021

Davlat:

Luksemburg

Rasmiy havola:

traineeships.ec.europa.eu

Grant turi:

Bakalavriatura, Malaka oshirish

European Union Traineeship: Yevropa Ittifoqi Malaka oshirish Dasturi

Umumiy Ma’lumotlar:

Dasturga qabul qilingan nomzodlar Yevropa Ittifoqida va uning asosan Bryusseldagi shuningdek Lyuksemburgdagi agentliklarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nomzod o‘zining sohasiga oid yo‘nalishlarda ya’ni inson resurslari, xalqaro huquq ,ekologik siyosat va boshqa turli yo‘nalishlarda ish amaliyot dasturlarini olib borishlari mumkin. Barcha Yevro Ittifoqga a’zo bo‘lgan davlat fuqorolari shuningdek Yevro Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlat fuqorolari uchun (faqat cheklangan miqdorda) ham beriladi. Qabul jaroyonida agarda nomzodning ta’lim, ish hamda chet elda volontyorlik bo‘yicha yoki xalqaro muhitda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi hamda ushbu amaliyot dasturida qatnashishga kuchli istak va anniq maqsadlari bo‘lishi va hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalarga ega ekanligi nomzodga ustunlik beradi.

Grantning foydali jihatlari:

  • Kundalik xarajatlar uchun oylik grant hamda turar joy uchun 350-550 yevro miqdorida stipendiya taqdim etiladi.
  • Borib kelish va viza xarajatlari to‘liq qoplanadi.

Batafsil ushbu havolada.

Nomzodga qo‘yilgan talablar:

  • Eng kamida (BA)bakalavriat bosqichida 3 yillik ta’limni tamomlagan bo‘lishi zarur
  • Yevro Ittifoq Parliamentida yoxud agentliklarida oldin umuman ish faoliyatini olib bormagan bo‘lishi yoki ish tajribasi 6 hafadan oshmagan bo‘lishi
  • Juda yaxshi til ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ya’ni Yevro Ittifoqqa a’zo bo‘lgan davlat fuqorolari uchun ingliz ,nemis yoki fransuz tillaridan C1 yoki C2 darajada bilish hamda boshqa Yevro ittifoqining rasmiy tillaridan birini kamida B2 darajada bilish talab etiladi .Ammo Yevro Ittifoqiga kirmaydigan davlat fuqorolaridan ingliz, nemis yoki fransuz tillaridan C1 yoki C2 darajada bilish talab etiladi.

Batafsil ushbu havola orqali bilishinggiz mumkin

Dasturga Qabul jarayoni:

3 bosqichdan iborat:

  • Rasmiy havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
  • Passport yoki ID dan nusxa.
  • Universitet\institutda tahsil olayotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Til bilish sertifikatlari ( C1 ).
  • Ish tajribasi(agar mavjud bo‘lsa)
  • Chop etilgan maqola va loyihalari(agar mavjud bo‘lsa).

Muhim:

  • Oktabr oyidagi amaliyot dasturi uchun qabul Yanvar oyida ochiladi.
  • Mart oyidagi amaliyot dasturi uchun qabul Iyul oyida ochiladi.

Ariza topshirish muddati tugagandan so‘ng nomzod akademik salohiyati , til bilish darajasi , xalqaro darajadagi loyihalariga ko‘ra baholanadi. Agarda nomzod birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli o‘tgan bo‘lsa undan barcha hujjatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni bitta PDF shaklida jo‘natish so‘raladi.

Ko‘p beriladigan savollarga javiblarni ushbu havola orqali bilib oling.