Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Farmatsevtika Texnik Universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

07-iyun 15:51
Farmatsevtika Texnik Universitetiga 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

Farmatsevtika Texnik Universiteti (Pharmaceutical Technical University) Buyuk Britaniyaning Sanderlend va De Montfort universitetlari bilan hamkorlikda “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri tarkibida tashkil etilgan yangi davlat universitetidir.

Universitet hozirda 3 yo‘nalishdagi oliy ta’lim dasturlariga abiturientlarni qabul qilmoqda:

  • Farmatsevtika fanlari umumta’lim kursi (Foundation in Certificate Pharmaceutical Science);
  • Biologiya fanlari umumta’lim kursi (Foundation Certificate in Biosciences)
  • Tabiiy fanlar umumta’lim kursi (International Foundation year in Sciences)

Umumta’lim bosqichidan so‘ng, talabalar Biokimyo (BSc Biochemistry), Biotibbiyot (BSc Biomedical Science) yoki Farmatsevtika (MSci Pharmacy) yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni davom ettiradilar.

O‘quv jarayonlari xalqaro malakali va ilmiy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida Britaniya oliy ta’lim standartlariga muvofiq olib boriladi. Universitet bitiruvchilari yuqorida ta’kidlangan Buyuk Britaniya universitetlari diplomlariga ega bo‘lishadi.

Abiturientlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • o‘rta ta’lim shahodatnomasi
  • litsey yoki kollej diplomi;
  • IELTS 5.5 yoki undan yuqori ko‘rsatkichli sertifikat, yoki unga ekvivalent xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.

Maxsus test sinovlarida yuqori bilim salohiyatini namoyon qilgan 40 nafar universitet talabalari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Arizalar shu yilning 15-sentyabriga qadar onlayn pharmatechuni.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Ilmiy faol va texnologiya integratsiyalashgan oliy ta’limga olish uchun FARMATSEVTIKA TEXNIK UNIVERSITETI talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Batafsil ma’lumot uchun:

+998 99-950-80-80

+998 95-833-81-81

t.me/ptuuz_bot

www.pharmatechuni.uz