Fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari rejasiga ko‘ra bugun, 13-noyabr kuni fizika hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan olish boshlandi.
👨🏻💻 Ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 19-noyabr (to‘lov qilish 20-noyabr) ga qadar davom etadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.