Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Eng yaxshi universitetlardan bepul ingliz tili kurslari to‘plami

10.05.2022 10:31
Eng yaxshi universitetlardan bepul ingliz tili kurslari to‘plami

Grant turi:

Malaka oshirish

Eng yaxshi universitetlardan bepul ingliz tili kurslari to‘plami

1. Dyuk universitetining eng keng qamrovli yozma ingliz tili kursi

Ilmiy maqolalar, tadqiqot loyihalari va motivatsion xatlar yozishda yordam beradigan eng yaxshi universitetning bepul kursi! Matnni qanday qilib to‘g‘ri tuzishni, argumentlarni ajratib ko‘rsatishni va o‘z pozitsiyangizni tushuntirishni o‘rganasiz.

Kursga yozilish: https://www.coursera.org/learn/english-composition

2. London King‘s Collegedan yangi boshlovchilar uchun kurs

Boshlang‘ich bosqich uchun asosiy kurs - o‘qishni endi boshlayotgan va qo‘shimcha yordamga muhtoj bo‘lgan til o‘rganuvchilar uchun. Tugallangach, bepul sertifikat beriladi.

Kursga yozilish: https://www.futurelearn.com/courses/basic-english-elementary

3. UPValenciaX dan biznes ingliz tili kursi

Ishbilarmonlik ingliz tilining xususiyatlarini va ish xatlari qoidalarini o‘zlashtirishga yordam beradigan sertifikatga ega bepul kurs.

Kursga yozilish: https://www.edx.org/course/upper-intermediate-english-business

4. Kvinslend universitetidan ingliz tili grammatikasi kursi

0 dan boshlab ingliz tilining barcha grammatik tuzilmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha 8 haftalik fundamental kurs.

Batafsil.

5. Macquarie Universitetidan (Avstraliya) bepul IELTS SPEAKING kursi

Nutq qobiliyatingizni oshirishga qaratilgan sertifikatga ega bepul kurs.

Kursga yozilish: https://www.futurelearn.com/courses/improve-ielts-speaking

6. Bepul sertifikatli Pre-Intermediate darajasi uchun bepul kurs

Ingliz tilini o‘rganishni davom ettirayotgan va yangi leksik hamda grammatik tuzilmalarni o‘rganishga muhtoj bo‘lganlar uchun London King‘s College kursi. Tugatganingizdan so‘ng bepul sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kursga yozilish: https://www.futurelearn.com/courses/basic-english-pre-intermediate