Grantlar

Educational Testing Service: 6 haftalik bepul TOEFL kursi

Educational Testing Service tashkiloti tomonidan 6 haftalik bepul TOEFL kursi taklif etilmoqda

1 398 ko'rish

Yangilangan:

Educational Testing Service: 6 haftalik bepul TOEFL kursi

Kurs va TOEFL imtihoni haqida qisqacha:

Educational Testing Service tashkiloti edx.org onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda 6 haftalik bepul TOEFL kursini taklif etmoqda.

Barchaga na’lumki, TOEFL testi dunyodagi eng ishonchli va keng tan olingan ingliz tili bilish darajasini aniqlab beruvchi imtihondir. Ushbu imtihon millionlab odamlarning chet elda o‘qish, ishlash yoki yashash orzulariga erishishiga yordam berdi. Dunyo bo‘ylab 10000 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari, davlat idoralari va tashkilotlari muhim qarorlarni qabul qilish uchun TOEFL ballarini qabul qiladilar.

Ushbu kurs yuqori darajada interfaol bo‘lib, video materiallardan, tushuntirishlar bilan savollar namunalaridan, qisqa viktorinalardan va hamkorlikdagi muhokama oynalaridan foydalanadi. Shuningdek, o‘tgan testlardan olingan haqiqiy test materiallariga kirish huquqiga ega bo‘lasiz. Nutq va Yozishni qamrab oladigan haftalar davomida barcha kurs ishtirokchilari o‘zlarining kelgusidagi imtihonlarida qo‘l keladigan zaruriy maslahatlarni olishlari mumkin. Bundan tashqari, kurs davomida bepul manbalar va imtiyozli test tayyorgarliklari taqdim etib boriladi.

Kurs davomida nimalarni o‘rganish mumkin?

  • Ingliz tili bo‘yicha bilimlaringizni qanday oshirish usullari;
  • TOEFL testining to‘rtta qismida o‘qish, tinglash, gapirish va yozish bo‘yicha darslar;
  • TOEFL testiga tayyorlanish uchun foydali maslahatlar;
  • TOEFL test natijalaridan ishga joylashish, o‘qish, vizalar va stipendiyalar uchun qanday foydalanish kerak ekanligi borasida ma’lumotlar;
  • Test paytida vaqtingizni boshqarish usullari;
  • TOEFL testi uchun qo‘shimcha manbalar;
  • TOEFL testiga qanday ro‘yxatdan o‘tish.

Kurs uchun ro‘yxatdan o‘tish:

  • edx.org saytiga tashrif buyuring hamda ism va familiyangiz bilan ro‘yxxatdan o‘ting;
  • Ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgach BU YERDAN bepul TOEFL kursiga ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish