O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi. Qabul 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-5100, 30.04.2021 y.)ga asosan Fransiya Fuqaro aviasiyasi milliy maktabi (ENAC) bilan birgalikda Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
✅ Qarorga ko‘ra, maktabda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda dastlab, qo‘shma ta’lim dasturlari (double degree) asosida “Havo kemalarining parvoz eyespluatasiyasi” bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
Maktabda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat transport universiteti tomonidan belgilanadi.
Maktab bitiruvchilariga Fransiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabining belgilangan namunadagi diplomi beriladi va u O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladi.