Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bakuda Global Peace sammiti

31.03.2022 12:21
Bakuda Global Peace sammiti

Muddati:

29.04.2022

Davlat:

Ozarbayjon

Rasmiy havola:

www.globalpeacechain.org

Grant turi:

Konferensiya

«Global Peace Chain» tashkiloti 2030-yilgacha BMTning Barqaror rivojlanish 17 ta maqsadiga erishish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan yosh liderlar uchun Ozarbayjonda «Global Peace Summit Baku 2022» tashkil qilmoqda.

Global Peace Chain — jahon tinchlik tashkiloti bo‘lib 2018-yil 2-iyulda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi AQSHda joylashgan.
Ushbu sammit tinchlik, ijtimoiy tarmoqlar, xalqaro tashkilotlar, inson huquqlari masalalariga turli sessiyalar, muzokaralar, guruh muhokamalari va xalqaro delegatlar bilan bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda qatnashish orqali tajriba/yechimlar bilan bo‘lishish imkonini beradi.

Kimlar uchun?
16-40 yoshdagi shijoatli talabalar va yosh liderlar.

Qachon:

2022-yil, 29-may - 1-iyun.

Moliyalashtirish:

Tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadigan (15 ta grant), qisman qoplanadigan (25 grant) va xarajatlarni ishtirokchining o‘zi qoplaydigan o‘rinlar (110 o‘rin).

So‘zlashuv tili: ingliz tili.

Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2022-yil, 29-aprel.

Batafsil.

Teglar