Buyuk Britaniya: dunyoning top universitetlaridan biri Oxford Universityda magistratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi dastur
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
The Oxford-Weidenfeld and Hoffman Scholarship and Leadership Programme dasturi Afrika, Osiyo, Janubiy Amerikadagi barcha bilimli talabalarga dunyoning yetakchi Oxford universitetida magistratura bosqichini davom ettirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda bakalavr bosqichini yakunlagan, har taraflama ilg‘or, shu bilan birga, jamiyat uchun foydasi tegadigan faol talabalar qatnasha oladi.
Dastur davomida talabalar bepul o‘qibgina qolmay, yashash xarajatlari uchun kamida £15,609 stipendiya bilan ta’minlanadilar. Dastur yakunlangandan so‘ng ishtirokchilar o‘z davlatlariga qaytishi lozim.
Talablar:
- Nomzodlar belgilangan davlat fuqarosi bo‘lishi lozim. O‘zbekiston ro‘yxatda bor;
- Bakalavr bosqichini yakunlagan bo‘lishi kerak;
- Shu yerda ko‘rsatilgan kurslar bo‘yicha universitetga ariza topshirishi va talablarga javob berishi shart;
- Nomzod kuchli bilim bilan birga ijtimoiy jihatdan ancha faol, o‘z jamiyatida yetakchi bo‘lishi lozim. BATAFSIL
Ariza topshirish:
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme uchun ariza topshirishdan avval Oxford universitetining magistratura bosqichiga dekabr oyigacha ariza topshirishi lozim. Kurslar haqida tanishib chiqing. So‘ngra shu hujjatni to‘ldirib grant uchun ariza topshirish kerak bo‘ladi. Ariza topshirishda shu yo‘riqnomadan foydalaning.
Saralangan nomzodlar bilan 2022-yil aprel-may oylarida onlayn intervyu o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun: info@whtrust.org