Harbiylarning farzandlariga berilgan kvota uchun o‘tish bali
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun 2023-yilgi o‘tish bali
Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.
Shuningdek, ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi taʼlim uchun taalluqli.
Bu yerda faqat tashkilotlar nomi va o‘tish bali bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?
Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?
Masalan, Mudofaa vazirligiga 777 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.
Xullas, tanlagan OTMdan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 777 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kirdi. Qolgan 1223 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashdi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirgan bo‘lishlari mumkin.
Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?
Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.