Grantlar

Helmut Veith Stipend : Ayol-qizlar uchun magistraturani Avstriyada tahsil olish imkoniyati

ayollar uchun Avstriyada o‘qish imkoniyati

111 ko'rish

Helmut Veith Stipend : Ayol-qizlar uchun magistraturani Avstriyada tahsil olish imkoniyati

Helmut Veith magistrlik stipendiyasi kompyuter fanlari bo‘yicha magistrlik darajasini olishni xohlovchi ayollar uchun mo‘ljallangan. Grantning maqsadi ayollarni kompyuter fanini o‘rganishga undashdir.

Helmut Veith Master stipendiyasi informatika, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va kompyuter xavfsizligi sohasida mantiq sohalarida ishlagan taniqli olim xotirasiga bag‘ishlangan. Helmut Veit kompyuter va axborot fanlari bo‘yicha ayollarning tarafdori va maslahatchisi bo‘lgan.

Ushbu stipendiya ingliz tilida tahsil oladigan TU Wien (Vena Texnilogiya Universiteti) ning kompyuter fanlari bo‘yicha magistrlik dasturlaridan biriga o‘qishga kirgan yoki o‘qishga kirishni xohlovchi talaba qizlarga beriladi. Siz universitetga kirish uchun ariza topshirishdan oldin yoki mos ravishda stipendiya olish uchun ariza topshirishingiz mumkin, ammo faqat magistratura bosqichiga o‘qish uchun shartlarsiz qabul qilingan talabalar stipendiya olishlari mumkin.

Stipendiya miqdori. Yiliga 6000 € (bo‘lib to‘lanadi) va o‘quv to‘lovlari. Grant 2 yil davomida to‘lanishi mumkin.

Talablar:

  • Stipendiya uchun barcha millat ayollari ariza topshira oladi;
  • Kompyuter fanlari, informatika yoki matematika bo‘yicha bakalavr darajasi talab qilinadi;
  • Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va qiziqish (kamida bittasi) talab qilinadi: informatika fanida mantiq, rasmiy usullar va tekshirish, kompyuter xavfsizligi, algoritmlar va murakkablik nazariyasi, ma’lumotlar bazalari va bilimlarni taqdim etish, sun’iy intellekt, dasturiy injiniring;
  • ingliz tilini mukammal bilish talab qilinadi.

Qanday qilib stipendiya olsam bo‘ladi? Ariza elektron pochta orqali yuboriladi va quyidagi hujjatlardan iborat:

  • Talaba ariza topshirayotgan stipendiya turi (Helmut Veith Stipend) va talaba arizaga tegishli deb hisoblagan boshqa jihatlar tasvirlangan biriktirilgan xat (Cover Letter);
  • Tarjimaiy hol (Cv);
  • Bakalavriat bosqichida olingan baholar;
  • Bakalavriat diplomi (agarda nomzod qabul tugaguniga qadar oliygohni tamomlamagan bo‘lsa qachon tugatishi haqida muhr va shtamp urilgan ma’lumotnoma;
  • 2 nafar tavsiyanoma beruvchining kontakt ma’lumotlari;
  • Kamida B2 darajadagi til bilish sertifikati ;
  • Passport nusxasi;

Hujjatlarning tili ingliz yoki nemis tili bo‘lmasa, tasdiqlangan tarjima talab qilinadi. Hujjatlar pdf hujjat fayli sifatida master@logic-cs.at manziliga yuborilishi kerak .

Batafsil rasmiy havola orqali ma’lumot olish mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

Grantlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

3 068 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish