Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

01-iyun 15:14
Rossiya va Chexiyada ta’lim olish uchun GRANT

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari uchun qator chet el davlatlarida grant, ya’ni bepul o‘qish imkoniyatlari bor. Ularning aksariyati Til sertifikatlari yoki juda ham katta miqdorda sarmoya talab qiladi. Bugungi maqolamizda Til sertifikati ham talab qilinmaydigan va katta miqdorda sarf-harajat ham talab qilmaydigan davlat grantlarini ko‘rib chiqamiz.

Rossiyada ta’lim

Rossiya Davlat Universitetlarida O‘zbekiston fuqarolari ajratilgan byudjet kvotalariga da’vogar bo‘lish huquqiga egadirlar. Rossiya hukumati tomonidan ajratilgan kvota o‘rinlarini qo‘lga kiritish uchun, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha Universitetning kirish imtihonlarini topshirib, ma’lum yetarli ball yig‘ishlari shart bo‘ladi.

Ushbu kirish imtihonlari oson va qulay kechish maqsadida RuStudy kompaniyasi O‘zbekiston hududida Rossiya Davlat Universitetlari bilan shartnomasi asosida, kelishilgan holda online va offline kirish imtihonlarini tashkillashtirib keladi.

2021 chi yildan boshlangan faoliyat davomida 1264 ta abituriyent, hozirgi kunda Rossiya Davlat Universitetlarining talabalari bo‘lib, u yerda tahsil olib kelishmoqda.

RuStudy kompaniyasi imtihonlarni tashkillashtirishdan tashqari, abituriyentlarni ushbu imtihonga tayyorlash, va shartnoma asosida byudjet o‘rinlarni kafolatli tarzda qo‘lga kiritish bilan ham faol shug‘ullanib keladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, har bir o‘qishga kirgan talaba shartli ravishda oldindan belgilangan aviareys uchun chipta oladi va barcha o‘qishga kirgan talabalar bilan bir guruh bo‘lib, RuStudy kompaniyasi vakili kuzatuvida uchib ketishadi. Universitetga olib borib joylashtirish, yotoqxonaga joylashish, va birinchi hujjatlarni rasmiylashtirishdagi yordam kompaniya vakili zimmasiga yuklatilgan.

Rossiya Davlat Universitetlarining fakultetlari turi ko‘pligi sabab, ko‘p abituriyentlarni o‘ziga jalb qiladi, ulardan:

  • Axborot Texnologiyalari va tizimlari
  • Arxitektura
  • Aviadispetcherlik
  • Aviasozlik
  • Biologiya
  • Energetika
  • Farmatsiya
  • Kadastr
  • Neft va gaz
  • Sanoat dizaynı
  • Temir yo‘l
  • Iqtisodiyot
  • Yurisprudensiya
  • va boshqa 30 dan ortiq yo‘nalishlar bor.

Rossiya Oliy Ta’limining eng katta plyusi esa - uning Diplomi O‘zbekistonda to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidir. 29 May 2019 yil Nukus shahrida imzolangan O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI O‘RTASIDA, TA’LIM, MALAKA VA ILMIY DARAJALARNI O‘ZARO TAN OLISH TO‘G‘RISIDAgi bitim asosida. Rossiya Universitetlarida olingan oliy ta’lim diplomi O‘zbekistonda nostrifikatsiyasiz tan oliandi. Ilovaga link: https://lex.uz/docs/-4374996

Demak, Rossiya Davlat Universitetlarining Grant Dasturi juda ham oddiy va sodda. Bizdan hech qanday Til sertifikati talab qilmaydi.

Moliyaviy harajatlar

aviachipta - 200$

byudjet o‘rinlarini kafolatli tarzda yutib olishda ko‘maklashish uchun to‘lanadigan kompaniya to‘lovi - o‘rtacha Universitetga qarab 3 million so‘mdan 15 million so‘mgacha.

tibbiy sug‘urta - 50$

Chexiyada ta’lim

Yevroittifoq davlatlaridan biri bo‘lmish Chexiya Dalvatiga nazar solsak, bu davlatning Oliy Ta’lim Muassasalari O‘zbekiston fuqarolariga o‘zlarining grant, ya’ni bepul ta’limlarini taklif qilishadi.

Avvalroq va’da berganimizdek hech qanday Til sertifikati talab qilinmaydi, va o‘qishga kirish juda oson. Faqat Davlat Universitetlaridan birgina talab qo‘yilgan:

Bakalavrdan (yoki Magistraturadan) avval, Universitet tomonidan tashkillashtirilgan 6 oylik til kursida tahsil olish shart.

Albatta, Bakalavr va Magistratura mutloq bepul, lekin til kursiga pul to‘lash kerak bo‘ladi.

Bepul oliy ta’lim Chex tilida, Chexiyaning Davlat tilida olib boriladi, va 6 oylik til kursida ham Chex tili o‘rgatiladi.

Chexiya Davlat Universitetlarining eng jalb qiluvchi xususiyati bu uning yo‘nalishlarida.

  • Davolash ishi
  • Stomatologiya
  • Uchuvchilik
  • Axborot Texnologiyalari
  • Iqtisodiyot
  • Xalqaro Huquqshunoslik
  • va boshqa 30 dan ortiq yo‘nalishlar.

Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar, ayniqsa, Tibbiyot va Uchuvchilik yo‘nalishlari hech qaysi boshqa davlatlarda bepul o‘qitilmaydi. Shu sabab, aksariyat Chex universitetlarida siz, boshqa Yevropa dalvatlaridan kelgan juda ko‘p talabalarni ko‘rishingiz mumkin. Ko‘p rivojlangan Yevropa davlatlaridan talabalar aynan Chexiya Davlat Universitetlariga bepul ta’lim izlab kelishadi.

O‘qishga ketish Dekabr oyiga to‘g‘ri keladi. Talabalar o‘qish davomida bemalol ham Universitetda tahsil olib, ham qonuniy ishlash imkoniga ega bo‘lishadi.

RuStudy kompaniyasi, talabalarni o‘qishga kiritishda, ularni viza olishda yordam berishda, Praga shahrida Aeroportdan kutib olishda, Universitet va yotoqxonalariga joylashishda ko‘maklashadi.

Kompaniya orqali avvalroq ketgan talabalar bilan endi ketmoqchi bo‘lgan talabalarni telegram va vatsapp orqali bog‘lab qo‘yishadi. Bu bo‘lajak talabalarni yangi muhitga moslashishda, o‘qish jarayonlariga tezroq kirishib ketishda ijobiy ta’sirini beradi.

Ko‘rib chiqgan ikkala davlat ham Oliy Ta’lim doirasida o‘zining nufuzi va hurmatiga ega. O‘ylaymizki ushbu davlatlarda olingan ta’lim har qanday moliyaviy sarf-harajat va ta’lim uchun sarflangan vatga arziydi.

Moliyaviy harajatlar

6 oylik til kursining narhi, kompaniya to‘lovlari, viza harajatlari va aviachipta taxminan 2800 AQSH dollariga teng bo‘ladi.

Biz bilan aloqa

Chexiya Davlati Bo‘yicha Dasturlar Mutaxassisi:

Telegram: @rustudy_tash | @rustudy_consult

📞 +99891 184 1001 | 📞 +99899 614 1001

🌎 Hududiy filiallar:

TOSHKENT 👇

Telegram : @rustudy_tash | @rustudy_consult

📞 + 998 94 003 10 01 | + 998 33 496 10 01

📍 Toshkent shahar, Xadra massivi, A. Navoiy ko‘chasi, 25 uy ( Octobank yonida)

NAMANGAN 👇

Telegram : @intuition_rus | @Intuition_nam

📞 + 998 99 986 10 01 | + 998 99 984 10 01

📍 Namangan shahar, A. Xodjaev ko‘chasi ( Davlat xizmatlari markazi, 3 qavat )

FARG‘ONA 👇

Telegram : @intuition_fer

📞 + 998 99 637 10 01 | + 998 93 276 10 01

📍 Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi ( MEDIA PARK, 2 chi qavat )

ANDIJON 👇

Telegram : @Rustudy_And

📞 + 998 33 452 10 01 | + 998 33 262 10 01

📍 Andijon shahar, M. Tiklanish ko‘chasi ( Eski Tojmahal, 2 chi qavat )

SAMARQAND 👇

Telegram : @rustudy_smrknd

📞 + 998 33 207 10 01 | + 998 33 788 10 01

📍 Samarqand shahar, Dagbit ko‘chasi ( Shedevr, 2 chi qavat )

👉 WEB sayt : WWW.RUSTUDY.UZ

👉 Telegram : t.me/intuition_uz

👉 Instagram : @rustudy_uz