Hokim yordamchilari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezident “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilarini davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyasiga ko‘ra davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Belgilanishicha, hokim yordamchilari va markazlar xodimlarining shtat birliklari mos ravishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining ishga joylashtirish inspektori, tumanlar va shaharlardagi bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi.
Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hokim yordamchilari va respublika vakillariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulangan, masofadan turib hisobotlar taqdim etish hamda video konferensiya aloqa shaklida yig‘ilishlarda ishtirok etish imkonini beruvchi maxsus planshetlar ajratilishini ta’minlaydi.
Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov har haftada Respublika komissiyasi, respublika vakillari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbarlari, hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari va hokim yordamchilari ishtirokida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qiladi; har haftada hududlarga chiqib, mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rganib boradi, hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.