Germaniyada o‘qish uchun mos universitet va o‘quv dasturini qanday topishim mumkin?

12-avgust 08:01
Germaniyada o‘qish uchun mos universitet va o‘quv dasturini qanday topishim mumkin?

Davlat:

Germaniya

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Germaniya davlati o‘zining sifatli ta’limi orqali dunyoning eng yaxshi 5 ta ta’lim sifati yuqori (AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya) bo‘lgan davlatlari safidan joy oladi. Shuning uchun ham Germaniya har yili minglab xalqaro abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim olish uchun ideal manzil sifatida tanlanadi. Bilamizki, Germaniya oliy ta’limni nafaqat nemis balki ingliz tilida ham taklif qilib keladi. Ammo, juda ko‘pchilik abituriyentlar Germaniya davlatida o‘zi uchun mos universitet va mos yo‘nalishni topishda kam ma’lumotga ega ekanliklari sababli qiyinchiliklarga uchraydilar.

Buni hisobga olgan holda, OLIYGOH.UZ jamoasi ushbu post orqali sizga bu masalada yordam berish mumkin bo‘lgan eng ishonchli va ommabop manbalardan biri borasida ma’lumot berishni niyat qilgan!

Deutscher Akademischer Austauschdienst (German Academic Exchange Service):

Germaniya akademik almashinuv xizmati yoki qisqacha DAAD (nemischa: Deutscher Akademischer Austauschdienst), 1925-yilda tashkil topgan va xalqaro akademik hamkorlik sohasida Germaniyaning eng yirik qo‘llab-quvvatlovchi tashkiloti hisoblanadi. Uning USHBU sayti Germaniyada ta’lim olish niyatida bo‘lgan abituriyentlar uchun o‘zlariga mos universitet va dastur topishda eng ishonchli va keng qo‘llaniladigan manba hisoblanadi.

Qisqacha tafsilotlar:

Sayt havolasi: Deutscher Akademischer Austauschdienst - DAAD

Til: nemis va ingliz tillari.

Foydalanish bo‘yicha qisqacha yo‘riqnoma:

Saytga tashrif buyurgach USHBU bo‘lim orqali qisqa so‘rovnamadan (quyidagi rasmda ko‘rishingiz mumkin) o‘tishingiz mumkin bo‘ladi. Bu orqali saytning o‘zi sizga o‘zingiz uchun mos universitet hamda kursni topishingingizga ko‘maklashadi.

Siz kiritgan ma’lumotlar asosida sayt tomonidan sizga Germaniyadagi sizga mos universitetlar va kurslar ro‘yxati taqdim etiladi (quyidagi rasmda na’muna ko‘rishingiz mumkin):

Bundan tashqari saytning quyidagi bo‘limlaridan ham tegishli ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo‘ladi:

Batafsil bu yerda