iBook.uz stipendiyasi: 2-bosqichda kimlar ishtirok etadi?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Xabaringiz bor, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida Respublikamizdagi eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lgan “iBook.uz” va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi tashabbusi bilan talabalar uchun “iBook.uz stipendiyasi” tanlovi e’lon qilingan edi.
24-aprel kuni ushbu tanlovning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Stipendiya tanlovining 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan o‘n minglab iqtidorli talabalar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2389 nafar (23 va undan ko‘p to‘g‘ri ishlagan) nomzodlar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi (Natijalarni ko‘rish).
Ishtirok etgan barcha nomzodlar "Shaxsiy kabinet" orqali o‘zlarining natijalarini ko‘rishlari hamda tanlovning maxsus sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin (Sertifikatlarni yuklab olish).
Tanlovning 2-bosqichida kimlar ishtirok etadi?
Tanlov yo‘riqnomasi va nizomiga ko‘ra, ikkinchi bosqichga 1-bosqichdan saralangan 2389 nafar ishtirokchi o‘tdi va tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ikkinchi bosqich qanday shaklda bo‘lib o‘tadi?
Ikkinchi bosqich (Test-imtihon shaklida) Tanlovning 2-bosqichiga o‘tgan nomzodlar OLIYGOH.UZ platformasida test shaklida onlayn shaklda imtihon topshiradilar va eng yuqori ko‘rsatgichga ega nomzodlar final bosqichiga yo‘llanma oladilar.
Imtihon turi: Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan 7 ta kitobdan tuzilgan 40 test savoli. Ushbu bosqich savollari to‘liq fikrlashga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar tanlab olingan kitoblardan imtihon topshiradilar.
Hozirda yoshlar orasida ommaviy eng ko‘p o‘qilgan (TOP bestseller) hamda shaxsiy rivojlanishga doir asarlar tanlab olingan. Kitoblar ro‘yxati tanlovning maxsus komissiyasi hamda iBook.uz kitob do‘konlari tarmog‘i mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan. Kitoblar ro‘yxati:
— Lolazor (Murod Muhammad Do‘st)— Factfulness (Hans Rosling)— G‘oliblik qonuniyatlari (Bodo Shefer)— Labirint (Frans Kafka)— Alvido, Vatan (A’zam Hoshimiy)— Tirilish (Lev Tolstoy)— Tanlangan asarlar (Mahmudxo‘ja Behbudiy)
Bo‘lib o‘tadigan vaqt: Tanlovning 2-bosqichi 15-may kuni soat 18:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun imtihon oynasi yopiladi. Shu vaqt oralig‘ida barcha nomzodlar 40 daqiqa davomida imtihonda ishtirok etishlari mumkin. 2-bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan 200 (ikki yuz) nafar ishtirokchi finalga (3-bosqich) yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
Stipendiya g‘oliblarini rag‘batlantirish
Stipendiya tanlovining mutlaq g‘oliblari "iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan zalida maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, pul yutuqlari bilan tantanali ravishda taqdirlanadi.
Tanlovning umumiy yo‘riqnomasi bilan mana bu yerda batafsil tanishib chiqishingiz mumkin: Tanlov nizomi.
Tanlov tashkilotchilari barcha ishtirokchilariga omad tilaydi!
Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @oliygoh_edubot manziliga yozishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun,"iBook.uz" kitob do‘konlari tarmog‘i Respublikamizda faoliyat yuritayotgan eng yirik kitob do‘konlaridan biri bo‘lib, hozirda kitobxon yurtdoshlarimizga mingdan ortiq turdagi kitoblarni yetkazib bermoqda. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar nafaqat kitoblar sotib olishi mumkin, balkim xohlagan kitobni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega. Yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, "iBook.uz" da kitobxonlar uchun maxsus "Book-cafe" tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat issiq choy yoki kofe ichishingiz balki bir piyola choy ustida suhbat qurishingiz, turli g‘oya va rejalaringizni muhokama qilishingiz ham mumkin bo‘ladi. Eng muhimi, bu yerda barcha kitoblar Respublika bo‘yicha eng arzon, hamyonbop va chegirmaviy narxlarda taqdim qilinadi. Bu yerga tashrif buyurgan kitobxonlar istalgan turdagi kitoblarni topish imkoniyatiga egadir. Shuningdek, doimiy tarzda ko‘plab tanlovlar, kitobxonlar bilan davra suhbatlari, turli muhokamalar o‘tkazilib turiladi. Sizni ham "iBook.uz" ga taklif qilamiz :)
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumanida (Shuxrat chorrahasi) joylashgan (Google map).
Online murojaat: @iBook_Uzbekistan