Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentli tomonidan tashkil etilgan to‘liq moliyalashtiriluvchi "Ibrat Tillar Oromgohi uchun bu yilgi qabul ochildi

17.05.2022 08:55
O‘zbekiston  Yoshlar Ishlari Agentli tomonidan tashkil etilgan to‘liq moliyalashtiriluvchi

Muddati:

20.05.2022

Rasmiy havola:

t.me

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

2021-yilda O‘zbekiston Yoshlar Ishlari Agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan yozgi "Ibrat Tillar Oromgohi" uchun mana 2022-yil uchun 1- mavsum (6-12 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tadi) uchun qabul uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Ushbu tillar oromgohida 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha millatidan ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar ingliz tilini kamida B1 darajada biladigan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Ishtirokchilar 16-25 yosh oralig‘ida bo‘lishlari kerak;
  • Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi. Sertifikat yoki uni isbotlovchi hujjat talab etilmaydi;
  • Shuningdek tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega, ijtimoiy jihatdan faol bo‘lishlari kerak;

Manfaatli jihatlari;

  • Ushbu 1 haftalik oromgohda bepul qatnashish imkoniyati (barcha xarajatlar qoplanadi, jumladan oziq ovqat hamda turar joy, shuningdek Toshkent shahridan Bo‘stonliqqa kelib ketish xarajatlari ham qoplanadi);
  • Ushbu oromgohning 1 - mavsum tillarga ixtisoslanganligi sababli til ko‘nikmalari bo‘yicha treyning hamda seminarlar;
  • Tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuvlar;
  • Har xil turdagi sport mashg‘ulotlari hamda turli xil mashg‘ulotlar tadbir davomida bo‘lib o‘tadi;

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni (qabul jarayoni 2 bosqichdan iborat):

  • 1 - bosqich uchun orqali “Ibrat” tillar oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 1- bosqich test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Platformada testni boshlash tugmasini bosgandan soʻng, test ishlash uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Tanqidiy fikrlash (Critical thinking) savollari uchun umumiy 10 daqiqa vaqt berilgan boʻlib, 2 ta savolning har biriga 5 daqiqadan.
  • Eslatma: platformada test faqat har 2 soatda ochiladi (10:00, 12:00, 14:00, 16:00, 18:00, 20:00). Faqat ko‘rsatilgan soatlarda kirib test ishlash mumkin. Roʻyxatdan oʻtish uchun bu yerga murojaat eting.
  • 2- bosqich 1- bosqichdan eng yuoqri ball to‘plagan yoshlar endi tashkilotchilar tomonidan onlayn suhbatdan o‘tadilar (ingliz tilida) va ushbu suhbatdan ham yuqori ball to‘plagan 250-300 nafar nomzod ushbu oromgohda qatnashishi imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Batafsil ma’lumotlar bilan bu yerdan tanishib chiqing hamda svollar yuzasidan ushbu telegram guruhiga murojaat etishingiz mumkin.