Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar bor?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarorida Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozlar belgilangan.
Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan beriladigan tavsiyanoma va taqdimnomalar imtiyoz berish uchun asos bo‘ladi.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan:
- davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun taqdimnoma beriladi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga:
- Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun umumiy qabul parametlaridan tashqari uch foizli qabul ko‘rsatkichlari (qo‘shimcha uch foizli qabul kvotasi) ajratiladi. Ularga mazkur uch foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida).
Tavsiyanoma blankasining shakli
- Harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun kursantlar (o‘quvchilar)ni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli qabul ko‘rsatkichlari (qo‘shimcha besh foizli qabul kvotasi) ajratiladi. Ularga mazkur besh foizli qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi (taqdimnoma asosida).
Taqdimnoma blankasining shakli
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga:
- Oliy ta’lim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (tavsiyanoma asosida).
Tavsiyanoma blankasining shakli
- Harbiy ta’lim muassasalariga kirishda dastlabki va kasbiy tanlov natijalariga asosan tanlovsiz, belgilangan qabul parametrlaridan tashqari o‘qishga kirish imtiyozi beriladi (taqdimnoma asosida).
Taqdimnoma blankasining shakli
Tavsiyanoma va taqdimnomalarning amal qilish muddati uch yil.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.