Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

ICYF RAMADAN Contest: ICYF tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan foto hamda videolar tanlovi-$500 mukofot

1.04.2022 23:38
ICYF RAMADAN Contest: ICYF tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan foto hamda videolar tanlovi-$500 mukofot

Muddati:

25.04.2022

Grant turi:

Tanlovlar

Umumiy ma’lumotlar:

ICYF Ramazon tanlovining 2022 yilgi nashrida yoshlarga Ramazon oyini qo‘lga kiritish va uni dunyo bilan baham ko‘rish uchun platforma bo‘lib, ular muqaddas Ramazon oyidan yaxshilik qilish va insoniyatga o‘z jamiyatlariga xizmat qilishda ishonchni tiklash uchun qanday foydalanayotganliklarini ko‘rsatib berishdan iborat. Biz musulmon yoshlarni bu yilgi “Ramazon o‘z-o‘zini aks ettirish va ezgu qadriyatlarni singdirish oyi” mavzusiga muvofiq Ramazonni rasm va/yoki video formatda biz bilan baham ko‘rishga chaqiramiz. Bizning maqsadimiz musulmon yoshlarni o‘z jamiyatlariga namunali yosh yetakchi va faol a’zolar sifatida xizmat qilib, ularni ezgu ishlarga va savob amallarga undashdir.

Eslatma: Tanlov ikki toifadan iborat. Ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida bir yoki barcha toifalarga ariza topshirishlari mumkin.

  • 1- toifa: Ramazaon oyini aks ettiruvchi eng yaxshi rasm yoki illustratsiya, shu jumladan faqatgina bu bilan cheklanib qolmasdan shunga oid mehr oqibat, fidoiylikni ifodalovchi rasmlar tanlovi;
  • 2-toifa: Ramazon oyining asl ruhini aks ettiruvchi qiqa metrajli film yoki video, islomiy qadriyatlar va bir birlariga xayr ehson qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilishga oid g‘oyani tasvirlashi kerak;

Ushbu tanlovda kimlar qatnasha oladi?

  • 18-35 yosh oralig‘idagi barcha yoshlar;
  • Nomzodlar Islom Hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlat (OIC countries) yoki musulmon davlat hisoblanuvchi davlatlar fuqorolari bo‘lishlari lozim;
  • Tanlovda qatnashish bepul;
  • Faqatgina 1 ta ishlar qabul qilinadi. Ishlaringiz jo‘natilingandan so‘ng uni o‘zgartirishning iloji yo‘q;
  • Ishingiz uchun qisqa ingliz tilida ma’lumot berib o‘tishingiz kerak(qayerda, qachon qanday vaziyatda ishlangan rasm yoki video ekanligi yuzasidan);
  • Barcha ishlangan rasmlar hamda videolar faqatgina sizga tegishli bo‘lishi zarur;
  • ICYF xodimlari hamda ularning qarindoshlari ushbu tanlovda tatnasha olishmaydi;

Eslatma: Qisqa metrajli film uchun hamda fotosurat uchun qo‘yilgan talablar bilan BU YERDAN tanishib chiqing. Hamda BU YERDAN ariza yo‘llashingiz mumkin.

Muhim sanalar: Tanlov uchun qabul 1- aprel 2022-yildan 25-aprel 2022-yilga qadar davom etadi. Natijalar 30-aprelga e’lon qilinadi.

Mukofotlar: Har bir kategoriya bo‘yicha g‘oliblarga $500 pul mukofoti beriladi. Har bir kategoriya bo‘yicha ikkinchi o‘rinni olgan nomzodlar uchun esa $250 pul mukofoti hamda maxus sovg‘alar beriladi. G‘oliblarga email orqali xabar beriladi.