Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ikkinchi mutaxassislikka ruxsat berilgan OTMlar roʻyxati

8.09.2021 19:24
Ikkinchi mutaxassislikka ruxsat berilgan OTMlar roʻyxati

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 4-son bayoni bilan 2021/2022-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali joriy yilning 25-sentabr kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2021/2022 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim berishga ruxsat etilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi. Roʻyxat qoʻyidagicha:

1. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
2. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
3. Oʻzbekiston milliy universiteti
4. Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali
5. Toshkent davlat texnika universiteti
6. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali
7. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali
8. Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali
9. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
10. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
11. Toshkent moliya instituti
12. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
13. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
14. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
15. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
16. Toshkent davlat pedagogika universiteti
17. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
18. Andijon mashinasozlik instituti
19. Andijon davlat universiteti
20. Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
21. Buxoro davlat universiteti
22. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
23. Guliston davlat universiteti
24. Jizzax politexnika instituti
25. Qoraqalpoq davlat universiteti
26. Qarshi davlat universiteti
27. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
28. Namangan davlat universiteti
29. Namangan muhandislik-qurilish instituti
30. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
31. Samarqand davlat universiteti
32. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
33. Samarqand davlat chet tillar instituti
34. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
35. Termiz davlat universiteti
36. Fargʻona davlat universiteti
37. Fargʻona politexnika instituti
38. Urganch davlat universiteti
39. Navoiy davlat pedagogika instituti
40. Nukus davlat pedagogika instituti
41. Jizzax davlat pedagogika instituti
42. Qoʻqon davlat pedagogika instituti
43. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
44. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
45. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali
46. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali
47. Toshkent davlat agrar universiteti
48. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali
49. Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali
50. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
51. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti
52. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
53. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali
54. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali
55. Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
56. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
57. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali
58. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
59. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
60. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
61. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali
62. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali
63. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali
64. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali
65. Toshkent davlat transport universiteti
66. Toshkent arxitektura-qurilish instituti
67. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
68. “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti
69. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
70. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
71. Geologiya fanlari universiteti