Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ilm olishda muvaffaqiyatga erishish uchun 6 oltin qoida

16-yanvar 15:29
Ilm olishda muvaffaqiyatga erishish uchun 6 oltin qoida

Ilm olishda muvaffaqiyatga erishish nafaqat bilim olish, balki ma’lum bir qadriyatlarni o‘zlashtirishni ham talab qiladi. Quyida ilm o‘rganuvchilar uchun 6 muhim qoida keltirilgan:

  1. Ota-ona duosi:Ilm olish yo‘lida ota-onaning duosi katta ahamiyatga ega. Ularning duosi ilmga baraka olib keladi va mukammallikni ta’minlaydi. Har tong qo‘llaringni duoga ochib, ota-onangga yaxshi niyatlar tilashni unutmang.

  2. Ustozlar duosi:Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarning sevgisi va tajribasi bilim olishda katta rol o‘ynaydi. Ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘ling, shunda ularning tajribasi sizga ham yuqadi.

  3. Xulq-atvor:Ilm olishda xulq-atvor muhim o‘rin tutadi. Kibrli bo‘lish bilim olish jarayonini sekinlashtiradi. O‘rganganlaringizni mehr bilan ishlating, shunda bilimlaringiz foydali bo‘ladi.

  4. Uyqu:Dars qilayotgan vaqtda uyqudan qoching. Tahoratli bo‘lish va pok yurish darslarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Uyquni tartibli va o‘rinli tashkil qilish ilm olishda muvaffaqiyatga olib keladi.

  5. Dars qoldirmaslik:Bugungi darsni qoldirish ertangi darsni og‘irlashtiradi. Ertangi og‘irlik sustlikka olib keladi. Har kuni o‘z vaqtida dars qilishni odat qiling.

  6. Vaqt:Vaqtning qadri benihoya yuqori. U hech qachon qaytmaydi, faqat ketadi. Shuning uchun vaqtingizni rejalashtirib va samarali foydalaning.