Imtihon qachon o‘tkaziladi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, imtihon o‘tkazish vaqtlari vaziyatga qarab surilaveradi. Kerak bo‘lsa, 1-sentyabrdan keyin ham o‘tkazilishi mumkin.
"Imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15-avgustda bekor qilinsa, 15-avgustdan keyin, 1-sentyabrda bekor kilinsa, 1-sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.
❌ Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma’lum qilamiz. Stasionarga aylantirilgan pavilonda imtihon o‘tkazilmaydi.
Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq" - beb ma’lumot berdi Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov.
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar:
- Testga kirishda abituriyentning tana harorati baland bo‘lsa, unda nima bo‘ladi?
Javob: isitmasi borlar testga qo‘yilmaydi, ular uchun barcha test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun o‘tib, qayta test o‘tkaziladi.
- Agar abituriyentda koronavirus aniqlansa, unda ular nima qiladi?
Javob: agar test kunigacha tegishli tashkilot uning sog‘ayganligi haqida ma’lumot bersa, testga qo‘yiladi. Yo‘qsa, testga kiritilmaydi.
- Abituriyent ayrim sabablarga ko‘ra, karantinga olinib qolsa, unda nima bo‘ladi?
Javob: agar o‘zining test kunida karantinda bo‘lsa, barcha testlar yakunlangandan 4 kun o‘tib bo‘ladigan qo‘shimcha testga kirishi mumkin. Agar qo‘shimcha test kunida ham karantinda bo‘lsa, unda testdan qolib ketadi.