Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan

21-avgust 12:10
Imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan

BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin chiqqan

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda bir qator imtiyozlar mavjud bo‘lib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘ladi.

Misol uchun, xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, “Mard o‘g‘lon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etishga asos bo‘ladi.

“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari esa OTMlarning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari ham imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Kecha e’lon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiya qilishga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yashil yoki sariq rangda ko‘rsatilgan.