Talaba

Islom institutiga yangi rektor tayinlandi

2023 yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

535 ko'rish

Islom institutiga yangi rektor tayinlandi

2023 yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy hay’at a’zolari, Diniy idora rahbariyati, ulamolar, mutaxassislar va mudarrislar ishtirok etdi.

Islom institutiga yangi rektor tayinlandiFoto: muslim.uz

Yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov boshqa ishga o‘tganligi sababli, uning o‘rniga Toshkent shahridagi “Novza” jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin domla Hamroqulov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Islom institutiga yangi rektor tayinlandiJaloliddin Hamroqulov / Foto: muslim.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan raisning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Toshkent islom instituti rektori vazifasida ishlagan Uyg‘un G‘ofurov tayinlandi.

Islom institutiga yangi rektor tayinlandiUyg‘un G‘ofurov / Foto: muslim.uz

Ushbu institut rektori lavozimiga esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedrasi mudiri, doktor, professor, Muhammadolim Muhammadsiddiqov tayinlandi.

Islom institutiga yangi rektor tayinlandiMuhammadolim Muhammadsiddiqov / Foto: muslim.uz

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish