Janubiy Koreyada shifokorlar qabul kvotasi oshishiga qarshi ish tashladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ular hukumatning tibbiyot OTMlarida qabulni ko‘paytirishiga qarshi ish tashlashdi.
Janubiy Koreya tibbiyot oliygohlariga qabulni yiliga 2 mingtagacha ko‘paytirishni (ayni paytda 3 0 58 talaba qabul qilinadi) va shuning bilan 2035-yilgacha aholi qarishiga qarshi tura olish uchun mehnat bozoriga qo‘shimcha 10 ming shifokorni qo‘shishni reja qilgan.
Ish tashlagan shifokorlar tibbiyot ta’lim muassasalari keskin o‘sadigan kvotaga bardosh berolmasligini iddao qilmoqda. Ularning fikricha, raqamlar oshishi davlat tibbiy xarajatlarini ko‘paytiradi xolos. Xuddi hozirgi vaziyatdagidek ko‘proq talaba o‘qigani bilan baribir shifokorlar dermotologiya, plastik jarrohlik kabi talab yuqori sohalarga o‘zlarini uraveradi, pediatriya, akusherlik va tez tibbiy yordam kabi kam maosh to‘lanadigan sohalarda mutaxassislar yetishmovchiligi saqlanib qolaveradi.