Jismoniy tarbiya universitetiga o‘qishga kiritish va’dasi bilan direktor o‘rinbosari ushlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan direktor o‘rinbosari qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat fosh etildi.
Tadbirda fuqaro T.Ye. fuqaro S.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Davom etgan tadbirda, T.Ye.ning ko‘rsatuviga asosan, universitetning Nukus filiali direktori o‘rinbosari R.X. fuqaro S.S.ni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.