Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Jizzaxda tibbiyot universiteti ochiladi

6.01.2023 23:43
Jizzaxda tibbiyot universiteti ochiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Jizzax shahrida Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda Jizzax viloyatida eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat Bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.

Mazkur filialning asosiy vazifalari etib hududda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish kabilar belgilanmoqda.

Shuningdek:

– fundamental, amaliy va innovasion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovasiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

– xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;

– respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga iqtidorli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filial ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirib borish;

– Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish.

2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining «Davolash ishi» va «Pediatriya ishi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.