Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships: Gollandiyada Tu Delft Texnologiya universitetida Magistratura

6.09.2021 23:35
Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships: Gollandiyada Tu Delft Texnologiya universitetida Magistratura

Muddati:

15.10.2021

Davlat:

Niderlandiya

Rasmiy havola:

www.tudelft.nl

Grant turi:

Magistratura

Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships 2022-2023 : Niderlandiya (Gollandiya)da TU Delft universiteti tomonidan magistratura bosqichida tahsil olishni istagan yuqori salohiyatli talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships dasturi e’lon qilindi. Ushbu dastur to‘liq moliyalashtiriluvchi grantlanlardan hisoblanib to‘liq kontrak to‘lovlarini o‘z ichiga oladi shuningdek yashash xarajatlari uchun ham umumiy miqdorda yillik 30 000 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi. Ariza topshirish pullik bo‘lib 100 yevroni tashkil etadi.

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • TU Delfts universiteting 2 yillik magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi;
  • Bakalavriat diplom baholari yaxshi bo‘lishi ( GPA 80% va undan yuqori);
  • Til bilish sertifikati (TOEFL iBT 90 har bir bo‘limidan kamida 21 yoki IELTS 6,5 har bir bo‘limidan kamida 6,0 yoki CEFR kamida C1 yoki C2) ;
  • Agar nomzod Australiya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Angliya yoki AQSH fuqorolari bo‘la til sertifikatlari talab etilmaydi;

Kerakli Hujjatlar:

  • Bakalavr Diplomi;
  • Til sertifikati;
  • CV (max 3 bet);
  • Baholar daftarchasi;
  • Motivatsion xati;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Portfoilo (agar mavjud bo‘lsa)

Batafsil kerakli hujjatlar bilan bu yerda tanishing;

Eslatma: Ko‘p beriladigan savollarga bu yerdan javob toping.