Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1. Umumiy o‘rta ta’limning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, liseylar, gimnaziyalar, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;
2. O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganlar.
Bunda akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari, kasb maktablari va texnikumlar kiradi. Bunda ham to‘liq tugagan va diplom berilgan bo‘lishi kerak. Kimlardir 3 yillik, kimlardir 2 yillik o‘qigan bo‘lishi mumkin;
3. Oliy ta’limda o‘qiyotgan talabalar.
Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, lisey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.
Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi.
4. OTMlarni tugatgan diplomli oliy ma’lumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy ma’lumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, lisey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy ma’lumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qat’i nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Ya’ni ular grantga da’vogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.
Mana shu yuqoridagi 4 ta toifadagi shaxslar bemalol abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin.