Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ikki baravar oshiriladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi. Bu prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasini ikki baravarga oshiradi.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutuvchi klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimi joriy etiladi:
a) klinik ordinatura o‘quv davrining ikkinchi yili hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallarida, viloyat bolalar va kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida o‘tkaziladi, shuningdek, ma’lum bir qismi ish joyida davom ettiriladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
hudud uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida mahalliy budjetdan yetarli miqdorda grant ajratiladi hamda mazkur grant asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarning yashash xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.