Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

JJ/WBGSP: Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

25.03.2021 13:59
JJ/WBGSP: Magistratura bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

Muddati:

21.05.2021

Davlat:

Yaponiya

Rasmiy havola:

www.worldbank.org

Grant turi:

Magistratura

Grant dasturi haqida qisqacha:

The Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship Program (JJ/WBGSP) - Jahon Bankining Taraqqiyot Iqtisodiyoti bo‘yicha vitse-prezidentligi (DEC) xalqaro talabalar va yosh tadqiqotchilarga ancha vaqtdan buyon grantlar ajratib keladi va bu bilan Jahon Bankining rivojlanayotgan mamlakatlar salohiyatni oshirish va bilim almashish vazifasiga ko‘maklashishi ko‘zda tutilgan.

1982 yildan buyon DEC ning stipendiya dasturlari o‘z mamlakatlarini o‘zgartirishga qodir va kelajak avlodlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan 6000 dan ziyod bilimli va tajribali mutaxassislar hamda olimlardan iborat xalqaro kadrlar bo‘limini shakllantirishga yordam bera oldi.

Grant uchun kimlar ariza bera oladilar?

Grant uchun quyidagi talablarga mos keladigan nomzodlar ariza berishlari mumkin:

  • Jahon bankiga a’zo bo‘gan ushbu ro‘yxatdagi rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo‘lishi;
  • Biron bir boshqa rivojlangan mamlakatning ikkinchi fuqaroligini qabul qilmagan bo‘lishi;
  • Sog‘lom bo‘lishi;
  • Hujjat topshirish muddatidan kamida 3 yil oldin olingan bakalavr (yoki unga tenglashtirilgan) darajaga ega bo‘lish;
  • Bakalavr (yoki unga tenglashtirilgan) ilmiy darajani olganinidan keyingi 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  • Grant olish uchun ariza topshirish vaqtida rivojlanish bilan bog‘liq sohalarda ish haqi to‘lanadigan doimiy ish joyida ishlab turgan bo‘lish;
  • Grant olish uchun ariza topshirish muddati yakunigacha yoki undan oldin kelgusi o‘quv yili uchun arizachining fuqaroligi va o‘sha paytda ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatidan tashqarida joylashgan JJ/WBGSP dasturi amal qiladigan magistratura dasturlaridan kamida bittasiga (moliyalashtirishdan tashqari) shartsiz qabul qilingan bo‘lishi kerak. Grant uchun ariza ochilgan vaqt arizachining grant amal qiladigan universitetlardan biriga qabul qilinganlik xati ham yuklanishi kerak;
  • Arizachilar Ijrochi direktor, uning o‘rinbosari va/yoki Jahon Bankining har qanday turdagi xodimlari bo‘lmasliklari yoki yuqorida aytilgan mansabdor shaxslarga qon tomondan yoki farzand asrab olish orqali "yaqin qarindosh" atamasi bilan ta’riflangan: ona, ota, opa, yarim singil, yarim uka, o‘g‘il, qizi, xola, amaki yoki jiyan sifatida ta’riflanmasliklari kerak;

Eslatma: Barcha muvofiqlik mezonlariga qat’iy rioya qilinadi. Istisno qilinmaydi. Arizalar uchun qabul jarayoni paytida muvofiqlik mezonlari umuman o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, ushbu ma’lumotlar bir ariza berish jarayonining yopilishi va ikkinchisining ochilishi o‘rtasida o‘zgarishi mumkin.

Grantning manfaatli tomonlari:

JJ/WBGSP dasturi grant oluvchiga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Grant taqdim etilgan nomzodlar o‘quv dasturi boshlanganda va grant muddati tugagandan so‘ng darhol o‘z mamlakatlari va qabul qilingan universitetlari o‘rtasida parvoz uchun ekonom klass aviachiptasi va bunga qo‘shimcha tarzda har bir sayohati uchun 500 AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha stipendiya olishadi;
  • Magistrlik dasturi uchun to‘lov va universitet orqali olingan asosiy tibbiy sug‘urta xarajatlari ham qoplab beriladi;
  • Grant yutib olingan davrda g‘olib nomzodlarning barcha yashash xarajatlarini (turar joy, ovqat va shu kabilar, shu jumladan kitoblar ham) qoplash uchun oylik stipendiya puli ajratiladi. Stipendiya miqdori qabul qiluvchi davlatga qarab o‘zgaradi.

Eslatma: Ushbu grant g‘oliblar tanlagan dastur tugagungacha yoki 2 yil davomida o‘z kuchida qoladi.

Ariza berish jarayoni:

Grantga ariza berish tartibi borasida to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali yuklab oling va u bilan yaxshilanb tanishib chiqing:

Grant uchun arizalarni qabul qilish boshlangan va 2021-yil 21-may sanasigacha davom etadi. Ariza beruvchilar grant dasturi uchun ariza to‘ldirayotgan bir vaqtda grant dasturida ishtirok etayotgan universitetlardan biri taklif etayotgan magistratura bosqichi kurslaridan biriga qabul qilingan bo‘lishlari kerak. Hamkor universitetlar va taklif etilayotgan kurslar ro‘yxatini quyida ko‘rishingiz va bu havola orqali batafsil ma’lumot olgan holda ulardan biriga ariza berishingiz mumkin. Hammasi tushunarli bo‘lgach ushbu havola orqali grant dasturi uchun ham ariza berishingiz mumkin.

Qabul jarayoni borasida batafsil ma’lumotlar bu yerda. Qabul tugashi 2021-yil 21-may.