Magistratura natijalari tez orada chiqadi, tez orasi qachonligi esa noma’lum!
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.
Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.