Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Magistratura talabasi qachondan 1 stavkada ishlay oladi?

8.02.2023 16:26
Magistratura talabasi qachondan 1 stavkada ishlay oladi?

Assalomu alaykum! 2-kurs magistratura talabasiman. Qachondan 1 stavka ishlasa bo‘ladi? Asosiy ishini o‘qishga kirganda 0,75 stavka qilishgan ekan.

JAVOB:

  • Bakalavriatda o‘qiydigan talaba ham, magistraturada o‘qiydigan talaba ham ishlashga haqli. Qonunchilik talabalarning mehnat qilish huquqini cheklamaydi, aksincha, qonunchilikda talabalarning ishlashga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Talaba ekan deb sizning mehnat qilish huquqingizni cheklab qo‘yishlari qonunchilikka ziddir. Xohlasangiz, 1 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,75 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,5 stavka ishlang. Xohlasangiz, 0,25 stavka ishlang. Xohlamasangiz, ishlamang.

E’tibor bering! Mehnat qilish – bu Sizning xohishingizga bog‘liq, siz o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasasi rahbarining xohishiga emas! Lekin...

Lekin Sizga, agar Siz mehnat qilar bo‘lsangiz, birgina talab qo‘yiladi: MEHNAT FAOLIYATINGIZ O‘QISH FAOLIYATINGIZGA SALBIY TA’SIR ETMASLIGI KERAK. QOLGAN MASALALARNI, XUSUSAN MEHNAT QILISH VA DAM OLISH MASALALARINI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH LOZIM BO‘LADI.

Manbalar:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi;

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi;

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni;

Oliy ta’lim to‘g‘risida nizom.