2022/23 o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul boshlanmoqda

21.12.2022 00:00
2022/23 o‘quv yili uchun magistraturaga qishki qabul boshlanmoqda
Registon o'quv markazi tez orada butun Respublika bo'ylab faoliyat ko'rsatishni boshlaydi
– Registon o‘quv markazi

Tanlov natijalari bakalavriat diplomining o‘rtacha ballari asosida aniqlanadi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar, sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

O‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Avvalroq Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, abituriyent filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi belgilangan edi.