Maktab

Maktab darsliklari uchun ijara toʻlovlari qayta tiklanishi mumkin

2025-yildan maktab darsliklari uchun ota-onalardan ijara toʻlovlari qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Bu ota-onalar mas’uliyatini oshirish va darsliklardan samarali foydalanishni kuchaytirishga xizmat qiladi.

240 ko'rish

Maktab darsliklari uchun ijara toʻlovlari qayta tiklanishi mumkin

Ota-onalar uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovlar qayta joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. 2025-yil byudjet loyihasida ko‘rsatilishicha, darsliklar va mashq daftarlarini davlat byudjetidan to‘liq chop etish ota-onalarning mas’uliyatini kamaytirib, darsliklarga bo‘lgan e’tiborni pasaytirmoqda. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur yangi to‘lov tizimi maktab ta’limi sifatini oshirish va o‘quvchilarni zaruriy o‘quv resurslari bilan yaxshiroq ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu qadam ota-onalarning darsliklardan foydalanishdagi mas’uliyatini oshirib, ta’lim jarayonidagi ishonchni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish