Maktab, kollej, litsey o‘quvchilari o‘rtasida " Mehnat huquq bilimdoni" tanlovi o‘tkazilmoqda
16.10.2021 16:32

Umumiy Ma’lumotlar:
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi barcha kasb-hunar kolleji, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’limning 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mehnat huquqi bilimdoni” tanlovini o‘tkazmoqda.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 16 oktyabrga qadar http://tanlov.kasaba.uz sayti orqali mehnat qonunchiligiga oid test savollariga javob berishlari lozim.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar ishtirokchi og‘zaki savol-javob shaklida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida qatnashadilar.
Eslatma: Respublika bosiqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritadi:
- 1-o‘rin - noutbuk;
- 2-o‘rin - planshet;
- 3-o‘rin - smartfon.