Grantlar

Maktab va litsey o‘quvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi

Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan maktab va litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

316 ko'rish

Maktab va litsey o‘quvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻm boʻlgan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ musobaqasi

MChJ „Diplomat International School“ va Wikischool Uzbekistan tomonidan „Viki Oʻzbekistonni sevadi“ marafoni!

1-noyabrdan 30-noyabrgacha Oʻzbekiston haqida maqolalar yozish boʻyicha marafon oʻtkaziladi. Marafonda roʻyxatdan oʻtgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin, lekin sovrinlar uchun faqat maktab va litsey oʻquvchilari hujjat topshirishi mumkin. G‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Sovrinlar:

Maktab va litsey oʻquvchilari orasidan:

  • 1-oʻringa — 3 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 2-oʻringa — 2 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 3-oʻringa — 1 000 000 soʻm va sertifikat.

Qoidalar:

  • Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi;
  • Marafonda faqat maktab va litsey o‘quvchilari sovrinli o‘rinlar uchun ariza topshirishlari mumkin;
  • Marafonda sovrinlar uchun kamida 25 ta maqola yozgan ishtirokchilar ariza berishlari mumkin;

Maqolaga qo‘yilgan qoidalari haqida batafsi shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Baholash tartibi:

  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountainga kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Hakamlar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilgan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.

Yaratish uchun maqolalar ro‘yxati bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Yaratilgan maqolalarni quyidagi Maqola qoʻshish tugmasi yordamida roʻyxatga qoʻshishingiz mumkin:

Roʻyxatdan oʻtish va Maqola qoʻshish

Agar siz yaqinda roʻyxatdan oʻtgan yangi foydalanuvchi boʻlsangiz, maqola yaratishga bagʻishlangan mana bu videoni tomosha qiling.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 105 ko'rish

Grantlar

"Millat Umidi" granti yakuniy natijalari e’lon qilindi

Millat Umidi University IDP IELTS, Cambridge International College, Result School va ISystem bilan hamkorlikda, Respublika miqyosida abituriyentlar uchun umumiy miqdori 4 milliard so‘m bo‘lgan “Millat Umidi Granti” tanlovi natijalarini e’lon qildi.

2 816 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish