Malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi
01-avgust 15:22

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILMalaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi
Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish bugundan boshlandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʻlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin.
Murojaatlar quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
2025-yilda pedagog kadrlar qancha maosh oladi?
27-fevral 06:24
Pedagoglar diqqatiga: Attestatsiya to‘lovi qaytarilmaydi
24-fevral 03:46
Talabalar malaka oshirish kurslariga borishlari shartmi?
12-fevral 11:42