Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

22.08.2023 00:09
Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

  • mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

  • SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

  • Quyidagi telegram botga Aboturiyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritgan holda:

👉 @oliygoh_mandat_bot

👉 @oliygoh_mandat_bot

👉 @oliygoh_mandat_bot

  • QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

  • Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

Saytda natijalar:

🟢 yashil rang bo‘lsa — davlat granti;🟡 sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;🔴 qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.